ToshkentSinov Xizmati
Aloqa
Barcha yangiliklar
Akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda yuqori aniqlikdagi tahlillarni ta’minlash
06/07/20261 min o‘qish

Akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda yuqori aniqlikdagi tahlillarni ta’minlash

Akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda yuqori aniqlikdagi tahlillarni ta’minlash — bu faqat zamonaviy uskunalar bilan emas, balki yuqori tozalik darajasiga ega, sertifikatlangan reagentlar bilan ishlashni talab qiladi.

Xususan, ISO 17025 standartlariga muvofiq faoliyat yurituvchi laboratoriyalarda har bir reagentning sifati, kelib chiqishi va hujjatlari (COA, MSDS) qat’iy nazorat ostida bo‘lishi zarur. Bu esa natijalarning ishonchliligi va takrorlanuvchanligini kafolatlaydi.

📦 Shu maqsadda laboratoriyamiz uchun Biomall kompaniyasidan:
— mikrobiologiya bo‘limi uchun yuqori sifatli oziqlantiruvchi muhitlar
— fizik-kimyoviy tahlillar uchun analitik darajadagi kimyoviy reagentlar
olib kelindi.

🧪 Ushbu reagentlar:
✔️ xalqaro standartlarga javob beradi
✔️ sertifikatlangan (COA bilan ta’minlangan)
✔️ yuqori tozalik darajasiga ega
✔️ tahlil natijalarining aniqligini oshiradi

📊 Natijada:
— laboratoriya sinovlarining aniqligi oshadi
— qayta tekshiruvlarda bir xil natijalar olinadi
Akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda yuqori aniqlikdagi tahlillarni ta’minlash | TSX Yangiliklari