Farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari tahlili
Dori vositalari, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari va tibbiy buyumlarni HPLC, gaz xromatografiyasi va spektrofotometriya usullarida tahlil qilamiz.
Farmatsevtika mahsulotlari tahlili Toshkent Sinov Xizmatining faoliyat yo‘nalishlaridan biri. Dori vositalari va ularning tarkibini tahlil qilish uchun yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) tizimlari — Agilent 1100 Series va Agilent 1260 Infinity II hamda Agilent 7890B gaz xromatografi ishlatiladi.
Moddalarning sifat va miqdoriy tahlili uchun SP-UV752NP UV-VIS spektrofotometri va BK-97 fluoresans spektrofotometri, dori vositalarining ta’sirini o‘rganish uchun esa to‘rt kanalli OB-4 organ vannalari tizimi mavjud.
Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari, maishiy kimyo vositalari va tibbiy buyumlarning toksikligi AT-05 analizatorida baholanadi. Barcha jihozlar kalibrlangan, reagentlar COA va MSDS hujjatlari bilan ta’minlangan.
Nimalar tekshiriladi
- HPLC (yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi) tahlili
- Gaz xromatografiyasi
- UV-VIS va fluoresans spektrofotometriya
- Dori vositalarining ta’sirini o‘rganish
- Kosmetika va tibbiy buyumlarning toksikligi
Qanday ishlaymiz
- 01Qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — mutaxassis tahlil turi va namuna miqdori bo‘yicha maslahat beradi
- 02Namuna qabul qilinadi, identifikatsiya qilinadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi
- 03Tegishli metodika asosida sinov o‘tkaziladi
- 04Natijalar rasmiy sinov protokoli shaklida taqdim etiladi
Ko‘p beriladigan savollar
Kosmetika mahsulotlarini tekshirasizmi?
Ha. Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarining toksikligi AT-05 toksiklik analizatorida biologik testlar asosida baholanadi.
Qaysi ko‘rsatkichlarni tekshirish mumkin?
Tekshiriladigan ko‘rsatkichlar mahsulot turi va me’yoriy hujjatga bog‘liq. Aniq ro‘yxatni mutaxassis bilan +998 99 098 00 00 raqami orqali kelishib oling.
Qo‘llaniladigan jihozlar

Agilent 1100 Series HPLC

Agilent 1260 Infinity II HPLC

Agilent 7890B gaz xromatografi (GC)

UV-VIS spektrofotometr SP-UV752NP

BK-97 fluoresans spektrofotometri

Organ vannalari uchun to‘rt kanalli izolyatsiyalangan tizim OB-4

AT-05 toksiklik analizatori
Boshqa xizmatlar
Oziq-ovqat mahsulotlari tahlili
Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini akkreditatsiyalangan laboratoriyada tekshiramiz: fizik-kimyoviy, mikrobiologik, parazitologik va radiologik ko‘rsatkichlar.
Batafsil02Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tahlili
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyosida pestitsid qoldiqlari, nitratlar, og‘ir metallar va mikotoksinlarni aniqlaymiz.
Batafsil03Suv tahlili: ichimlik va texnik suv
Ichimlik va texnik suvning fizik-kimyoviy, mikrobiologik va toksikologik ko‘rsatkichlarini akkreditatsiyalangan laboratoriyada tekshiramiz.
Batafsil
