Logo
Aloqa
Sertifikatlashtirish organi

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish

ISO/IEC 17065 bo‘yicha akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish organi mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikatini beradi: ariza, namuna olish, laboratoriya sinovi va sertifikat — bir tashkilotda.

Toshkent Sinov Xizmati tarkibida mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi faoliyat yuritadi. Organ O‘zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 standarti bo‘yicha akkreditatsiyalangan va ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilarga muvofiqlik (moslik) sertifikatini beradi.

Sertifikatlashtirish 1С, 3, 4, 3С va 7-sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Mahsulotdan namunani sertifikatlashtirish organi mutaxassisi oladi, sinovlar akkreditatsiyalangan laboratoriyada o‘tkaziladi, hujjatlar paketini esa mustaqil baholash eksperti tahlil qiladi. Ijobiy qarordan so‘ng sertifikat rasmiylashtiriladi va Davlat reyestrida elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

3 va 4-sxemalarda ishlab chiqarish holati ham tekshiriladi, sertifikat berilgandan keyin esa yiliga kamida bir marta davriy baholash o‘tkaziladi. Veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik ekspertiza zarurligini organ mahsulot standartiga qarab belgilaydi.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

  • Mahsulot standartining nusxasi
  • Mahsulot markirovkasi namunasi (mahsulot haqida ma’lumot)
  • Tovar belgisi yoki boshqa intellektual mulk obyekti bo‘yicha muhofaza hujjati yoki litsenziya (mavjud bo‘lsa)
  • Mahsulotning standartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (mavjud bo‘lsa)
  • Chet tilidagi hujjatlar — davlat tiliga tarjimasi bilan

Sertifikatlashtirish bosqichlari

  1. 01Arizachi hujjatlar bilan elektron tizim orqali ariza beradi
  2. 02Ariza ro‘yxatga olinadi, hujjatlar tahlil qilinib, ariza bo‘yicha qaror qabul qilinadi
  3. 03Sertifikatlashtirish shartnomasi tuziladi va sinov dasturi tayyorlanadi
  4. 04Mahsulotdan namuna olinadi va identifikatsiya qilinadi (namuna olish akti)
  5. 053 va 4-sxemalarda ishlab chiqarish holati tekshiriladi
  6. 06Akkreditatsiyalangan laboratoriyada sinov o‘tkazilib, sinov protokoli beriladi
  7. 07Mustaqil ekspert hujjatlarni tahlil qiladi, sertifikat rasmiylashtiriladi va Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Ko‘p beriladigan savollar

Sertifikatlashtirish qancha vaqt oladi?

Sertifikatlashtirish organining o‘z ishlari bitta ariza (1 seriya) bo‘yicha o‘rtacha 8 kishi-soatni tashkil etadi. Umumiy muddat laboratoriya sinovlari davomiyligi va hujjatlar to‘liqligiga bog‘liq; aniq muddatni +998 99 098 00 00 raqami orqali bilib oling.

Sertifikatlashtirish narxi qanday belgilanadi?

Ishlar direktor tomonidan tasdiqlangan preyskurant asosida to‘lanadi. To‘lov natijadan qat’i nazar amalga oshiriladi va ishlar oldindan to‘lovdan keyin boshlanadi.

Qaror bilan rozi bo‘lmasam nima qilaman?

Shikoyat va apellyatsiyalar PSK-13:2025 protsedurasi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Shikoyat 15 kun ichida, ko‘pi bilan bir oyda ko‘riladi; apellyatsiya bo‘yicha qaror bir oy ichida chiqariladi.

Boshqa xizmatlar