ToshkentSinov Xizmati
Aloqa
Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti mutaxassislari tashrifi
06/07/20261 min o‘qish

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti mutaxassislari tashrifi

Toshkent Sinov Xizmati laboratoriyasiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti mutaxassislari tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida laboratoriyamiz faoliyatiga radiologik tahlillar yo‘nalishini qo‘shish bo‘yicha amaliy hamkorlik masalalari batafsil muhokama qilindi

Tashrif ishtirokchilari:
1. Yarmatov Bahrom Xaydarovich – texnika fanlari PhD, Yadroviy tahlil laboratoriyasi mudiri
2. Salimov Muxammad Ibragimovich – texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
3. Axmedov Yakub Abdumalikovich – kichik ilmiy xodim

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
Mahsulotlar, xususan oziq-ovqat xavfsizligini yanada kuchaytirish
• Radiologik monitoringni joriy etish va doimiy nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish
• Mijozlarga yanada keng qamrovli, ishonchli va zamonaviy tahlil xizmatlari taklif etish
• Mahsulot sifati va iste’molchi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi tahlil imkoniyatlarini yaratish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti mutaxassislari tashrifi | TSX Yangiliklari