Logo
Aloqa
Xavfsizlik ustuvor bo‘lgan ilmiy hamkorlik
06.07.20261 min o‘qish

Xavfsizlik ustuvor bo‘lgan ilmiy hamkorlik

“TOSHKENT SINOV XIZMATI” MCHJ hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida rasmiy shartnoma imzolandi.

Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi — radiatsion xavfsizlikni ta’minlash, aholining salomatligi va atrof-muhit himoyasini ilmiy asoslangan yondashuvlar orqali kuchaytirishdan iborat. Shartnoma doirasida radiologik sinov va tahlillar zamonaviy uskunalar, tasdiqlangan metodikalar hamda malakali ilmiy mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.

Hamkorlik jarayonida:

* radiologik ko‘rsatkichlarni aniqlash va monitoring qilish,
* oziq-ovqat, suv, qurilish materiallari va atrof-muhit obyektlarining xavfsizligini baholash,
* xalqaro va milliy standartlar asosida ishonchli tahlil natijalarini taqdim etish
ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.

🔬 Ilmiy asoslangan metodlar
🛡 Xavfsizlik — eng muhim ustuvorlik
⚛️ Radiologik tahlillarda aniqlik va ishonchlilik

Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi orqali xavfsiz muhitni ta’minlash — bizning asosiy vazifamiz.